Orzungizdagi mashinani boshqaring: 2023-yilgi “Dongfeng global dilerlik sammiti” boshlandiimg

2023-yilning 17-aprel kuni Xitoyning Xubey provinsiyasi Uxan shahrida “Dongfeng global dilerlik sammiti” boshlandi. Chili, Norvegiya, Saudiya Arabistoni va Vetnam kabi 30 dan ortiq mamlakat va mintaqalardan 100 dan ortiq ishtirokchilar ushbu sammitda qatnashib, Dongfeng kompaniyasining xorijdagi biznesni rivojlantirish strategiyasi, texnologik tadqiqotlari va ishlanmalar boʻyicha yutuqlari, mahsulot ishlab chiqarish rejalari va hokazolar bilan tanishishdi, oʻzaro kelishuvni yanada mustahkamlash, hamkorlikni chuqurlashtirish va umumiy rivojlanish masalalarini muhokama qilishdi.

2023-yilgi “Dongfeng global dilerlik sammiti” boshlandi

2023-yilgi “Dongfeng global dilerlik sammiti” boshlandi

Sammitda “Yangi sakrash, orzularni yarating, kelajakni zabt eting” deb nomlangan hisobot taqdim etildi hamda Dongfeng kompaniyasining 2022-yilda xorijdagi biznesi natijalari tahlil qilindi. Kompaniyaning xorijdagi biznesini rivojlantirishning oʻrta va uzoq muddatli maqsadlari va kelgusi uch yil ichida amalga oshiriladigan asosiy chora-tadbirlari ilgari surildi. Shundan keyin asosiy mustaqil brend strategiyasi, mahsulotlari va texnologiyalari tanishtirildi.

Sammit davomida Dongfeng xorijlik dilerlar va hamkorlariga butun boʻlimning namunaviy mahsulotlari va asosiy quvvat agregatlarini namoyish etdi. Bu mahsulotlar ularning maqtoviga sazovor boʻldi.

Xorijiy bozorlarga doimiy ravishda chuqurroq kirib borish va brend imidjini muvaffaqiyatli joriy etishni har bir diler hamkorning saʼy-harakatlaridan ayro holda tasavvur etish juda qiyin. Sammit davomida 2022-yilda Dongfeng kompaniyaning xorijdagi biznesiga ulkan hissa qoʻshgan diler hamkorlarni eʼtirof etish maqsadida taqdirlash marosimi oʻtkazildi. Sammitda ishtirok etgan hamkorlar yangi yutuqlar yaratish yoʻlida Dongfeng bilan birgalikda harakat qilishini taʼkidladilar.

Sammit yakunida Dongfeng kompaniyasi rahbari xorijlik dilerlarni qutlaganidan va ularga minnatdorchilik bildirganidan keyin Dongfeng mijozlarini kompaniya yuragi sifatida qabul qilishini, elektrlashtirish tashabbusini amalga oshirilishini, korxonalarning asosiy raqobatbardoshlik saloyihatini oshirishda davom etishini va xorijlik dilerlar ishonchini oshirishini aytib oʻtdi.

Sammit yakuniga yetgach, mahsulotni yanada keng koʻlamda tanishtirish boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi. Xorijlik dilerlar uchun Dongfeng kompaniyasining shtab-kvartirasi, texnik markazi va mustaqil brend zavodiga tashrif tashkillashtirildi va ularga turli modellarni sinob koʻrish uchun boshqarish tashkil etildi.

Kelgusida Dongfeng “uzoq muddatli doktrina”ga amal qiladi, xorij bozorlarda chuqur joylashadi, tovarlar, kanallar, marketing va xizmatlar va mahalliylashtirish kabi asosiy elementlarni rivojlantirish orqali dilerlar va investorlar oʻrtasida mahalliylashtirish boʻyicha hamkorlik darajasini oshiradi hamda kelgusida barcha tomonlar foyda koʻrishi uchun xorijdagi rivojlanish yutuqlarini dilerlar va hamkorlar bilan baham koʻradi.

Kompaniya: China Dongfeng Motor Industry Imp. & Exp. Co. Ltd
Kontant: Ya Ming Jin
Elektron pochta: yamj@dfmc.com.cn
Telefon: +86136-8371-7671
Veb-sayt: http://www.dongfeng-global.com/