Xitoyning yuqori sinfdagi ogʻir yuk mashinasi uchun yangi mezon: DONGFENG GX mijozlar uchun kattaroq qiymat yaratadi
Bozor va mijoz ehtiyojlarini har tomonlama oʻrgangan holda Dongfeng istiqbolli harakatlar bilan“Logistika boʻyicha mutaxassis”ning yangi avlodini – DONGFENG GX yuqori sinfdagi ogʻir yuk mashinalarini ishlab chiqarishni boshladi. Sinov maʼlumotlariga koʻra, GX modelining koʻplab koʻrsatkichlarini dunyodagi eng yuqori daraja bilan taqqoslash mumkin. Uning bunday koʻrsatkichlari yuqori sinfdagi ogʻir yuk mashinalari bozorining texnik toʻsigʻidan oshib oʻtdi va Yevropa, Amerika va boshqa mintaqalarga eksport qilinmoqda.
DONGFENG GX promo:
Dongfeng tijorat transport vositalarining yuqori darajadagi flagman modeli sifatida DONGFENG GX uchta xalqaro quvvat zanjiri kombinatsiyasi bilan jihozlangan: Dongfeng KMS Z14 dvigateli, EATON va ZF avtomatik uzatmalar qutisi va Dongfeng Dana oʻqi. Dvigatelning maksimal quvvati 600 ot kuchiga yetishi mumkin, maksimal aylanish momenti 2750 N·m, 100 kilometrga yonilgʻi sarfi taxminan 27 litrni tashkil etadi, bu 850 L + 300 L ikki tomondagi yonilgʻi baklari bilan mos keladi, bu esa uzoq masofali magistral logistikaning yuqori tezlikda tashish talabini toʻliq qondiradi.
Ishonchlilik va chidamlilik har doim Dongfeng tijorat transport vositalarining anʼanaviy afzalliklari boʻlib kelgan. Ishlanmadan tortib keng koʻlamda ishlab chiqarishga qadar, DONGFENG GX butun jarayonni va har tomonlama transport vositasi sifatini taʼminlashni amalga oshirdi, foydalanuvchilarning 10 million kilometrlik haqiqiy ish sharoitlarini, 100 dan ortiq ikki karra birinchi sinfga mansub yetkazib beruvchilarni va 15 ta ishlab chiqarish va yetkazib berish jarayonini 100% nazorat qildi. Transport vositasi korpusining barqarorligi, shinalar bosimi monitoringi, yoʻl chiziqdan chiqish haqida ogohlantirish, old to‘qnashuv haqida ogohlantirish va boshqa tizimlar GX uchun xavfsiz va ishonchli himoya to‘sig‘ini taqdim etdi.
Ichki konfiguratsiyaga keladigan boʻlsak, DONGFENG GX asosiy haydovchilar uchun ergonomik yuqori darajadagi havo yostiqchali amortizator oʻrindiq bilan jihozlangan va qulaylik tajribasini sezilarli darajada oshirish uchun tugma bilan sozlash imkoniyati taqdim etilgan. LCD markaziy boshqaruv ekrani toʻliq funksionallik taqdim etadi, u transport vositalarining 360 darajali tasvirlarini koʻrish imkoniyatini yaratadi. Dam olish qismi yetarlicha dam olish maydoni taqdim etuvchi baland shiftli ikki qavatli yotoqqa ega, katta hajmdagi saqlash joyi esa insonga moslashtirilgan dizayn va konsepsiyaga urgʻu beradi.
“Qoyil, Xitoydan ishonchli va sifatli yuk mashinasi” – xorijdagi internet foydalanuvchisi Karlos Joballa Dongfeng ijtimoiy media hisobining DONGFENG GX displey posti ostida shunday xabar qoldirdi. Mijozlargga yoʻnaltirilgan Dongfeng tijorat transport vositalari har doim “HAMMASI ISHONCHDA” brend konsepsiyasiga amal qiladi, oʻzining aqlli ishlab chiqarish quvvati va ishonchli mahsulot sifatini kuchaytiradi va “Xitoydagi eng ishonchli yuk mashinalari brendi” boʻlishga intiladi.
Kompaniya: China Dongfeng Motor Industry Imp. & Exp. Co., Ltd.
Kontant: Xu Nan
E-pochta: xunan@dfmc.com.cn
Veb-sayt: http://www.dongfeng-global.com/
https://www.facebook.com/DongfengMotorCorporationGlobal
https://www.tiktok.com/@dfmotor